Share to:

 

A-level

A-level imtixoni haqida

Cambridge Universitetining A-level imtixoni

A-level (Advanced Level) imtixoni[1] - umumiy ta'lim sertifikatining bir qismi sifatida beriladigan fanga asoslangan malaka, shuningdek, Buyuk Britaniyadagi ta'lim organlari va Britaniya Crown qaramligidagi ta'lim organlari tomonidan o'rta yoki oliy o'quv yurtidan oldingi ta'limni tugatgan talabalarga taqdim etiladigan maktabni tamomlaganlik malakasi. Ular 1951-yilda Angliya va Uelsda Oliy maktab sertifikatini almashtirish uchun joriy etilgan. A-level talabalarga, agar ularning baholari qoniqarli bo'lsa, universitetga kirish imkoniyatini beradi.

Bir qator Hamdoʻstlik mamlakatlari[2] Britaniya A-leveli bilan bir xil nomdagi va oʻxshash formatdagi malakalarni ishlab chiqdilar. Universitetga kirish uchun A-level yoki unga tenglashtirilgan malakaga ega bo'lish odatda talab qilinadi, universitetlar erishilgan baholar asosida takliflar beradi.[3] Xususan, Singapurda uning A-level imtihonlari Birlashgan Qirollikdagiga qaraganda ancha qiyinroq deb hisoblangan, aksariyat universitetlar Singapurning A-level sertifikatida erishilgan baholarga nisbatan pastroq kirish malakalarini taklif qilishadi.[4]

A-level muddati ikki yildan ortiq davom etadi. Odatda, talabalar oltinchi sinfning birinchi yilida uchta yoki to'rtta A-level kurslarni o'qiydilar va ko'pchilik ikkinchi kursda to'rttadan uchtaga qisqartirishadi.[5] Buning sababi shundaki, universitet takliflari odatda uchta A-level bahoga asoslanadi va to'rtinchisini olish baholarga ta'sir qilishi mumkin. Xalqaro bakalavriat kabi boshqa 3-darajali malakalardan farqli o'laroq, A-levelda o'ziga xos fan talablari yo'q, shuning uchun talabalar o'zlari xohlagan fanlarni birlashtirish imkoniyatiga ega. Biroq, talabalar odatda universitetda o'qishni istagan darajaga qarab o'z kurslarini tanlaydilar: ko'pchilik darajalar kirish uchun maxsus A-levelni talab qiladi.[6]

Eski modulli kurslarda (so‘nggi baholash 2019-yil yozida) A-level ikki qismga bo‘lingan, talabalar o‘qishning birinchi yilida odatda AS yoki AS-level deb ataladigan mustaqil sertifikat yoki A-leveldagi to'liq mukofotga 40% ball qo'shish imkoniyati. Ikkinchi qism A2 yoki A2-level sifatida tanilgan, bu odatda ASga qaraganda chuqurroq va akademik jihatdan jiddiyroqdir. AS va A2 baholari to'liq A-levelni beradi. A2-level alohida o'zi sertifikat emas va sertifikatlash uchun xuddi shu fan bo'yicha AS darajasi bilan birga bo'lishi kerak.[7]

Qaysi davlatlar foydalanadi va qaysi fanlar mavjud

Mavjud davlatlar:

A-level darajasi bor fanlar

A-level Cmbridge Universitetining imtixoni bo'lib u 50dan ortiq fanlarni o'z ichiga oladi.[8]

Manbalar

  1. „A-level ta'rifi“ (inglizcha). Collins English dictionary. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  2. „Commonwealth Nations haqida“ (inglizcha). Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  3. „A levels“ (inglizcha). UCAS (2014-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  4. Paine, Sam. „A-level imtixonlari qanchalar qiyin? Siz kutgandan qiyinroq - Britaniya imtixonlari“ (inglizcha). 2022-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  5. „School Parents - AS and A-levels“ (inglizcha). B.B.C.. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  6. „A-level talab qiladigan Universitet kurslari“ (inglizcha). thecompleteuniversityguide.co.uk. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  7. „GCSE, AS, and A levels“ (inglizcha). GOV.UK. Qaraldi: 0202-yil 17-sentyabr.
  8. „A-level bor fanlar“ (inglizcha). Cambridge University. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 
Kembali kehalaman sebelumnya